«shavkat mirziyoye» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi
17 aprel 2024, 12:35

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

18−19-aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ladi. Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

12 nafar hokim ishdan bo‘shatildi, Bosh prokuratura ularning faoliyatini tekshiradi
11 iyul 2023, 16:50

12 nafar hokim ishdan bo‘shatildi, Bosh prokuratura ularning faoliyatini tekshiradi

Shavkat Mirziyoyev 10 ta tuman va 2 ta shahar hokimini investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi uchun ishdan bo‘shatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ularning faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti bilan uchrashdi
16 noyabr 2022, 14:57

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, “yashil” taraqqiyot kabi yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, Samarqandda bank boshqaruvchilarining yillik yig‘ilishini o‘tkazish muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Buyuk Britaniya qirolini taxtga o‘tirgani bilan tabrikladi
12 sentabr 2022, 13:37

O‘zbekiston prezidenti Buyuk Britaniya qirolini taxtga o‘tirgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya qiroli Charlz III`ga taxtga o‘tirgani munosabati bilan tabrik yo‘llab, do‘st Birlashgan Qirollik xalqiga tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq tiladi.

Prezident import avtomobillar uchun bojxona bojini 2 baravarga pasaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
14 fevral 2022, 18:57

Prezident import avtomobillar uchun bojxona bojini 2 baravarga pasaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Prezident dushanba kungi yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasiga 3 kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga — 30 foizdan 15 foizgacha pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berdi.

«Qonun yo‘q!» — prezident YHX inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari ko‘payganiga e’tibor qaratdi
11 fevral 2022, 16:42

«Qonun yo‘q!» — prezident YHX inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari ko‘payganiga e’tibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda inspektorlarga bo‘ysunmaslik, ularga qarshilik ko‘rsatish, haqoratlash holatlari so‘nggi vaqtlarda ortib borayotgani masalasiga e’tibor qaratdi. Davlat rahbari qonunlarni ko‘rib chiqishda, bu masalaga ham alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Prezident birinchi marta yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash masalasida yig‘ilish o‘tkazadi
11 fevral 2022, 11:21

Prezident birinchi marta yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash masalasida yig‘ilish o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash masalasida yig‘ilish o‘tkazadi. Bu davlat rahbari raisligida aynan shu masalaga bag‘ishlangan birinchi yig‘ilish bo‘ladi. Kuni kecha Avtotest va Autodriver asoschisi Komil Allamjonov «yo‘llarda YTH soni va o‘lim sonini qisqartirish uchun» kurash boshlaganini ma’lum qilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting